Kelgusida davlat xususiy-sheriklik tamoyili asosida chiqindi tashish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

    Bundan ko‘zlangan maqsad aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100 foiz qamrab olishdir.

 

   Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligida tuman aholisiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumanida aytildi. Unda ishtirok etgan  Toyloq tuman hokimining qurulish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyev kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, muammo va kamchiliklar, ularning yechimi haqida so‘z yuritdi.  Jurnalistlarning aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish muddatining cho‘zilib ketayotganligi, elektr energiyasidagi uzilishlar, chiqindi tashish xizmatidagi muammolar,  “Yangi Toyloq boshqaruv servis” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq savollariga javob qaytardi. 

  Ma’lumotlarga ko‘ra Toyloq tumanida 220,0 ming nafar aholi mavjud bo‘lib,  aholini  elektr energiya bilan ta’minlanish darajasi 100 foizni, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 80,9 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik darajasi 26 foizni tashkil etadi. Elektr iste’molchilari soni 44567 ta, (42965 ta aholi,   1602 ta ulgurji). Tumanda 3 ta podstansiya, 812 dona transformator punkti mavjud.

 Samarqand viloyat “Toza Hudud” DUK Toyloq tuman filiali jami shtat birliklari 66 ta, boshqaruv xodimi 6 ta, nazoratchilar 15 ta, texnik xodimlar 45 tani tashkil etgan bo‘lib,  jami 66 ta ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqda. Tashkilotda jami 18 ta, shundan 13 ta chiqindi tashish texnikasi, 2 ta asenezator, 2 ta samasvol, 1 ta multilift maxsus texnikalari mavjud bo‘lib, ushbu texnikalar bilan 33 ta mahallalarga  xizmat ko‘rsatilmoqda.

   -Kelgusida hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish orqali 50 ta mahallaga xizmat ko‘rsatishga erishish maqsad qilingan. Bu bo'yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda - deydi Sardor Eraliyev.
    Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2023-yilda 14 ta yangi TP o‘rnatish, 35,0 km elektr tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib,  amalda 14 ta yangi TP,  35,1 km elektr tarmog‘i va 908 ta beton ustunlar o‘rnatildi.     
   Bundan tashqari tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 125,3 km elektr tarmoqlari va 61 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash, 252,7 km elektr tarmoqlari, 106 dona transformator punktlari joriy ta’mirdan chiqarildi hamda 72,5 km havo tarmog‘i daraxt shoxlaridan tozalanib, halqob simlar tortildi. 
  Qish mavsumi uchun korxonada 2 ta TP, 500 metr kabel, 20 ta avtomat, 3 ta mufta, 20 ta rubilnik, 0,15 tonna AS sim, 0,3 tonna transformator moyi zaxirasi yaratilgan.  
2024-yilda tumandagi 15 ta mahallalarda 5 ta transfarmator, 17,6 km elektr tarmoqlarii qurilishini amalga oshirish rejalashtirilgan.
  Tumanda 36830 ta aholi xonadonlaridan 26954 tasi (73,2%) suyultirilgan gazga moslashtirilgan, qolgan 9876 ta (26,8%) xonadonga, ya’ni  mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 17 tasiga, shundan 10 tasiga to‘liq, 7 tasiga qisman tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati bor.
   Tuman bo‘yicha jami 32423 dona suyultirilgan gaz ballonlari mavjud, shundan 29353 donasi gaz korxonasi, 3070 donasi aholining shaxsiy gaz ballonlaridir. 

  “Hududgaz Samarqand” filiali Toyloq gaz tarqatish bo‘limi tomonidan aholi xonadonlariga 9876 dona ASUEG hisoblagichlar o‘rnatilgan.  
   2024 yil 1 fevral holatiga tabiiy gazdan jami debitor qarzdorlik  524,6 mln.so‘mni tashkil etadi. Shundan aholi qarzi 444,0 mln.so‘m, ulgurji  80,6 mln.so‘m.
     2023 yilda Madaniyat mahallasida 0,5 km o‘rta bosimli gaz quvuri va 2 ta GTPlar mukammal ta’mirlandi, 322 ta GTPlarni taftish qilish, 37 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash, 23,0 km yer osti gaz quvurlari holatini tekshirish, 7 km gaz quvurlarini buyash ishlari amalga oshirildi. 

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди