Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor kuchaytirilmoqda 

   Yoshlar mamlakatning kelajagi, uning faol a’zosi, jamiyat ertasining munosib vorislaridir.Shunga ko‘ra ham yoshlar davlat va jamiyat tomonidan doimiy e’tiborda bo‘ladi. Bugun Toyloq tumanidagi 47-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida ham aynan yoshlarning buguni va kelajagi haqida so‘z yuritildi. 
    Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jamshed Xo‘jamurodov farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi, bitiruvchilarning Oliy ta’limga qamrovini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyatini jonlantirish borasida fikr va takliflarini bildirdi. 
   Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 139-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди