Vatan obodligi ostonadan boshlanadi

   Tumanimizning Tepaqishloq  mahallasida xayrli tashabbus bilan boshlangan loyiha asosida har kuni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Unda tuman mutasaddilari hamda qishloq ahli hamjihatlikda, bir-birlariga ko‘maklashgan holda uy-joylarini ta’mirlash, daraxt butash, oqlash, hovliyu ko‘chalarni tozalash, tomorqa madaniyatiga e’tibor qaratish, elektr energiyasi hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, tor va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar kengaytirib, shag‘al yotqizish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
      Butun mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan obodonchilik yumushlari Tepaqishloqda ham o‘z aksini topayotgani barchani xursand qilmoqda.
    Hattoki, eskicha fikrlash va yashashga ko‘nikib qolgan ayrim fuqarolar  ko‘z o‘ngilarida sodir bo‘layotgan bunday yangilanishlardan hayratga tushishmoqda.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди