Aholi murojaatlari tinglandi

 Bugun Taraqqiyot mahallasi aholisi uchun tuman hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi.  Unda Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Kambariddinova, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
    Muloqotda murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi. 
   Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди