JADIDLAR – MILLATIMIZ  FIDOYILARI

    Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi, buyuk ma’rifatparvar, tumandoshimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy  tavallud kuniga bag‘ishlab, Xo‘jayuz mahallasidagi   36-maktabda  «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. 
     Maktab ma’muriyati tomonidan  «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi jamoatchilik kengashi  a’zosi  Qahhor Hojiqulov bilan hamkorlikda tashkil etilgan  va yuqori sinflar o‘quvchilari, ularning ustozlari, mahalla faollari hamda nuroniylar qatnashgan tadbirda so‘zga chiqqanlar: maktab direktori O‘.Tangirov,  ta’lim faxriylari  Q.Hojiqulov,  H.Siddiqov,  shoir  A.Nisoriy va boshqalar M.Behbudiyning millatimiz ozodligi, adabiyot, ta’lim, san’at va matbuot rivoji yo‘lidagi yo‘lidagi buyuk xizmatlariga to‘xtaldilar. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, xususan,  M.Behbudiy qalamiga mansub «Padarkush» dramasi asosidagi sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди