Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla odamlarining qalbi ham obod, madaniyati ham yuksak bo‘ladi 

    Tepaqishloq mahalla fuqarolar yig‘inidagi yangilanishlar jarayonida elektr, ichimlik suvi ta’minoti tor va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar kengaytirilib, shag‘al yotqizilmoqda. Aholi yashash xonadonlarining ko‘rkam qiyofa kashf etishi, farovon turmush uchun barcha qulayliklarning yaratilishi fuqarolarimiz ko‘nglida ertangi kunga yanada ishonch paydo qilgani shubhasizdir. 
    Butun mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan obodonchilik yumushlari Tepaqishloqda ham o‘z aksini topayotgani barchani xursand qilmoqda.
    Hattoki, eskicha fikrlash va yashashga ko‘nikib qolgan ayrim tepaqishloqliklar ham o‘z ko‘z o‘ngilarida sodir bo‘layotgan bunday yangilanishlardan hayratga tushmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди