Mahalla ettiligi uchun seminar o'tkazildi

   

   Bugun Toyloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 1-3-sektor mahallalari yettiligi ishtirok etdi.
    O‘quvlar gibrid usulida tashkil etilgan bo‘lib, Davlat boshqaruvi akademiyasida maxsus tayyorlangan hududiy trenerlar tomonidan  10 ta yo‘nalish bo‘yicha "Mahalla yettiligi"ning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsad qilingan.

    O‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga “yettilik tizimi”ning ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim natijasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida batafsil tushunchalar berib borilmoqda. Mahalladagi har bir masʼulning o‘rni, asosiy vazifa va majburiyatlari, shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishdagi masʼuliyati yuzasidan bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda. 

   Dasturdan yettilik faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, mahalla raislari faoliyati, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ishlari, oila va xotin-qizlar, ichki ishlar, ijtimoiy himoya, soliq, maʼnaviyat va maʼrifat, adliya yo‘nalishlaridagi mavzular o‘rin olgan.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди