“Juma - mahallabay kvadrat tizimi asosida jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni”

   Toyloq tumanida aholi va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida  yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, ularni hushyorlikka chorlash maqsadida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
Xususan, bugun “Juma - mahallabay kvadrat tizimi asosida jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni” munosabati bilan Toyloq tumanidagi 22-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi. 
    Unda ishtirok etgan Toyloq tuman IIB JXX YXXB boshlig‘i, kapitan Sh. Zayniyev hamda inspektor, katta serjant F.Otabekovlar o‘quvlarga  yo‘l-transport hodisalarining  sabablari, yo‘l qoidalariga amal qilish,  piyoda madaniyatini o‘rganish, velosiped va skuter haydash qoidalari haqida so‘z yuritishdi.Yo‘llarda harakatlanish qoidalariga haydovchi ham piyoda ham bir xilda amal qilishi lozimligini ta’kidlashdi.
    Tadbir davomida o‘quvchilarning savollariga mutaxassislar batafsil javoblar berishdi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди