⛳️TOYLOQ TUMANI

ADAS PODSTANSIYASI QUVVATI OSHIRILMOQDA

     Toyloq tumani 3 va 4-sektor hududidagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida  bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
     Xususan,  Adas, Shopulot, Ravot,  Davlatobod mahallalarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "ADAS" podstansiyasi quvvatini oshirish maqsadida yangi 6300 kVA bo‘lgan qo'shimcha transformatorlar о‘rnatilmoqda.
    Ushbu podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida mazkur hududlardagi 11000 ga yaqin aholi hamda 400 dan ortiq ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди