Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi

Viloyat hokimligining ishchi guruhi tomonidan Toyloq tumani hokimligi, korxona va tashkilotlarida ijro intizomi, ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash holati o‘rganildi. 
    O‘rganish yakuni bo‘yicha viloyat hokimligi ijro nazorati guruhi rahbari Z.Rahimov va tuman hokimi B.Bobonazarov boshchiligida hokimlik apparati, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
    Unda hujjatlar, fuqaro murojaatlari bilan ishlashda kamchiliklarga yo'l qo'ygan rahbar va xodimlarga tegishli tartibda ogohlantirish berilib, intizomiy jazo choralari qo'llanilishi belgilandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди