Korxona 2023 yilda 12,2 mlrd. so‘mlik  tayyor mahsulotlar ishlab chiqargan

   

   Toyloq tuman hokimligi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlar sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 
   Tadbir ishtirokchilariga Toyloq tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshed Xo‘jamurodov hamrohlik qildi va tumanda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berdi. 
   Press-turning dastlabki manzili Vorsin MFY hududida faoliyat yuritib kelayotgan "AZIYA - STEEL PROM" MCHJ korxonasi bo‘ldi. 
  Korxona 2020-yilda ish boshlagan bo‘lib, faoliyat turi zanglamas trubalar, panjaralar va boshqa 50 turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. 

   Korxona 2022 yilda 1 000 tonna zanglamas trubalar (nerjaveyka)ni qayta ishlash orqali 10,5 mlrd. so‘mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqargan bo‘lsa, o‘tgan 2023 yilda 1 166 tonna zanglamas trubalar (nerjaveyka)ni qayta ishlash orqali 12,2 mlrd. so‘mlik  tayyor mahsulotlar ishlab chiqargan yoki o‘tgan yilga nisbatan 116%ga o‘sganini ko‘rish mumkin.
   Mahsulotlar ichki bozor hamda qo‘shni Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda. 
   Korxonada 40 nafar fuqarolar ish bilan band qilingan.

   Toyloq tumanida bugungi kunda faoliyat yuritib kelayotgan sanoat korxonalar 325 tani tashkil etib, ushbu korxonalar tomonidan 2022 yilda 2 trln. 247 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘tgan 2023 yilda 2 trln. 457 mlrd. so‘mlik yoki o‘tgan 
2022 yilga nisbatan 102% ga bajarilgan. 2024 yilda ushbu korxonalar tomonidan jami 2 trln. 825 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yoki o‘tgan yilga nisbatan 115%ga ko‘p mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди