Toyloqda “Karavan premium export” MCHJ negizida Xitoy va Yapon tillarini o‘rgatuvchi o‘quv markazi tashkil etiladi

    Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari - investisiyalar, savdo va sanoat bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nuriddin Narzitoshev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
   Unga ko‘ra joriy yil yakuniga qadar 38,9 mln. AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

   Jumladan, "Akmal Toshpulatovich" fermer xo‘jaligi negizida qoramolchilik faoliyatini kengaytirish va sutni qayta ishlash faoliyatini tashkil etish maqsadida 1,2 mln AQSH dollari, "Profil perfect" MCHJ negizida alyuminiy profillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi uchun 1,5 mln, "Pet agro oil" MCHJ negizida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 10,5 mln dollar, "Siyob Shavkat orzu" fermer xo‘jaligi negizida chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishni kengaytirish uchun 9,2 mln dollar, “Karavan premium export” MCHJ negizida Xitoy va Yapon tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazini tashkil etish loyihasi uchun 4,0 mln dollar, “Bro beans” MCHJ negizida mehmonxona va logistik markaz barpo etish loyihasi uchun 12,5 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

   Tumanda 2024 yilda jami 65 ta loyihalarda, umumiy qiymati  973 mlrd. 340 mln. so‘mlik, shundan, 440 mlrd. 993 mln. so‘m korxonaning o‘z mablag‘i, 5,0 mlrd. so‘m tijorat bank krediti hamda 41 mln. 200 ming AQSH dollar TTXI o‘zlashtirilishi hisobiga 894 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

    Jumladan:
    Sanoat sohasida umumiy qiymati 764 mlrd. 719 mln. so‘mlik, 30 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 463 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 205 mlrd. 271 mln. so‘mlik, 33 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 412 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 3 mlrd. 350 mln so‘mlik, 2 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 19 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

   Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-sonli qarorida joriy yilning aprel oyida ishga tushishi belgilangan umumiy qiymati 15,8 mln. AQSH dollar bo‘lgan 1 ta gidro elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Nigina Rahmatova,

Toyloq tuman hokimligi axborot xixmati rahbari.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди