Obod manzillar - xalq farovonligi uchun!

    Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. 
     Bugun mahallada olib borilayotgan ishlar sifati va ko‘lami bilan tanishish,  mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida respublika ishchi guruhi a’zosi Z. Karimov, Toyloq tuman hokimi B.Bobonazorov, 3-sektor rahbari O. Xo'jamovlar Tepaqishloq mahallasida bo‘lib, tuman tashkiloti rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan bajariladigan ishlar bo'yicha topshiriqlar berib, o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha kelishib olindi.
      Nuroniy otaxonlar duoga qo'l ochib, yurtimiz tinchligi va boshlangan ishni xayrli va barokotli bo'lishi uchun duolar qilishdi. 


 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди