Tepaqishloqning qiyofasi yangilanmoqda

   Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalla hududiga 7,0 km ichki yo‘llarni asfalt qilish, 9,0 km yo‘llarni shag‘allashtirish, 10 km suv tarmog‘i tortish va 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish, 2 ta yangi transformator, 10,0 km elektr tarmog‘i tortish, 170 ta beton ustunlar o‘rnatish, 2.0 km internet aloqa tarmog‘i, 50 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 5 dona chiqindi konteynerlarini o‘rnatish, 1 ta umumta’lim maktab, 1 ta MTM, 1 ta tibbiyot muassasasi, 200 ta aholi uy-joylarini ta’mirlash, 2,6 km piyodalar yo‘laklari qurish, 50 ta tungi yoritgichlar o‘rnatish, mahalla binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda mahalla markazida tuman shtabi tashkil qilingan, ishchi guruh tuzilib, har bir xonadonga mas’ullar biriktirilgan va vazifalari belgilab berilgan.
   Hozirgi kunda 2,5 km  shag‘al yo‘llar, 3 ta suv inshooti  ta’mirlandi, 1,5 km suv tarmog‘i, internet aloqa tarmog‘i tortish ishlari  olib borilmoqda. 170 ta beton ustunlar va 2 dona yangi TP keltirilgan bo‘lib, ishlar jadal olib borilmoqda. “Tepaqishloq” MFY binosi davlat-xususiy sherikchilik asosida yangidan qurilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди