Toyloqda 2023-2030 yillarda 43 ta 16 qavatli 4128 ta xonadonlar quriladi

 

   So‘nggi yillarda aholining yuqori o‘sish sur’ati va iqtisodiy faollikning ortishi sharoitida uy-joyga bo‘lgan talab ham o‘sib bormoqda. Toyloq tumanida 2019 yilda aholi soni 200,4 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatgich 221,1 ming kishiga yetdi, ya’ni keyingi 5 yilda tuman aholisi 12,9 foizga ya’ni 17,1 ming nafarga oshgan. Bu albatta, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojining ortishiga sabab bo‘ladi. 
      Shu boisdan aholini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yosh oilalar, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va boshqa uy-joyga muhtoj oilalar uchun 2010-2023 yillar davomida Toyloq tumanida 2324 ta xonadonlar qurib, foydalanishga topshirildi.
    Jumladan, 2010-2016-yillar davomida 674 ta 6 sotixli uy-joylar, 2017-2023 yillar davomida esa 1650 ta xonadonlar qurib, foydalanishga topshirildi.   
Bugun Toyloq tumanida aholini uy-joy bilan ta’minlash  borasida amalga oshiriayotgan ishlarga bag‘ishlanb o‘tkazilgan press-tur davomida OAV vakillari qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.     

     Xususan, “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tomonidan tuman markazida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan tanishishdi. 
    Tumanning “Charog‘bon” massivida 2019-2023 yillarda 21 ta uy-joy, unda 1236 ta xonadonlar qurib bitkazildi. Jumladan, 4 ta 4 qavatli 96 xonadonli, 17 ta  12 qavatli 1140 ta xonadonli uy-joy qurib bitkazilgan. Mazkur uylar 2019 yilda 4 ta 4-qavatli “Qishloq qurilish invest” IK buyurtmasi asosida, 2020 yilda 3 ta 12 qavatli, 2021 yilda 6 ta 12 qavatli, 2022 yilda 6 ta 12 qavatli va 2023 yil boshida 2 ta 12 qavatli qilib “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazildi. “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 17 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun 450 mlrd.so‘mdan ortiq investisiya kiritildi.
Tumanda kam ta’minlangan, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar hamda xotin-qizlar uchun 96 ta xonadon ajratilgan bo‘lsa, uy-joyi mavjud bo‘lmagan yosh oilalar, uy-joyga muhtoj bo‘lgan 460 nafar fuqarolarga subsidiya asosida xonadonlar ajratilib, 10,8 mlrd.so‘mlik boshlang‘ich badallari to‘lab berilgan.  

   Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining   2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga muvofiq Toyloq tumanidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining foydalanmay kelinayotgan jami   27,4 gektar yer uchastkasi belgilangan tartibda zaxiraga olinishi, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib,  elektron onlayn-auksionga chiqarilishi belgilangan.

   Charog‘bon mahallasi hududida joylashgan mazkur 27,4 gektar yer maydoni bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq 2023-2030-yillarda jami 43 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 4128 ta xonadon, shundan 43 ta 3 xil tipdagi 16 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. 
2024 yilda 4 ta 16-qavatli 384 ta xonadonli uylar qurilishi boshlangan.
 Shuningdek, massiv hududida 1 ta 1200 o‘rinli maktab, 1 ta  360 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 3 qavatli savdo markazi,  1 ta IT park va yoshlar markazi, 1 ta mahalla binosi, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta nuroniylar choyxonasi, 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, 1 ta 9-qavatli 1200 o‘rinli va uy-joylar oldida 520 o‘rinli jami 1720 o‘rinli avtoturargohlar qurilishi belgilangan. 

    Bundan tashqari, tumanning Bog‘ichinor mahallasida “MD quruvchi” xususiy korxonasi tomonidan 1 ta 63 ta xonadonli uy-joy:
    "Zamondosh Fayz" MCHJ tomonidan 2024-2029 yillarda 6 ta 576 ta xonadonli uylar qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1 ta 96 ta kvartirali uy-joy qurilishi;
    "ZAMONAVIY NEW BUILDING" MCHJ  tomonidan 2023-2026 yillarda 3 ta 270 ta kvartirali uy-joy qurilmoqda.

 

Nigina Rahmatova,

Toyloq tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди