Toyloqda mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

 

 Unda Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov, respublikadan biriktirilgan vakil Z.Karimov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalla raislari, OAV vakillari ishtirok etishdi. 
    Tadbirda Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi     faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shu asosida mahalla tizimi xodimlari zimmasiga yuklanayotgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. 
   Yig'ilishda Samarqand viloyati mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining  yig‘ilishida ishtirok etuvchi delegatlar saylab olindi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди