Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?

 

Toyloq tuman statistika bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida shu savolga javob berilmoqda. 
    Ana shunday tadbirlardan biri 22-maktabda o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan viloyat statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish va jarayonlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J. Karimov va mutaxassislari, Toyloq tuman hokimligi vakillari hamda Toyloq tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Normuratovlar Toyloq  aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berishdi.
   Maktab direktori D.Ulug‘boyeva maktab jamoasini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab, fikr-mulohazalarini bildirdi.
   Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarning savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди