Bolalar nafaqasi olish, uy-joy bilan ta’minlash, gaz ballon, elektr energiyasi...

 

Toyloq tumanidagi O‘zbekiston mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda shu kabi murojaatlar kelib tushdi.
   Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlarini tinglab, ularga qonuniy yechim topish yo‘llarini izladi.
Bolalar nafaqasini tayinlash, subsidiya asosida uy-joy olish va sud-huquq sohasiga oid boshqa savollar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.  
   Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди