“Xalq va armiya - bir tanu bir jondir”

 

Bugun Toyloqda “14-yanvar - Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan vatanparvarlik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Toyloq tumani hokimligi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi 69932 harbiy qism qo‘mondonligi, Mudofaa ishlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, davlat va jamoat tashkilotlari, umumta’lim maktablar o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar, harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etishdi.
    Tadbir davomida o‘quvchi va yoshlarga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari, qurol va aslahalar ko‘rgazmasi, Milliy gvardiya faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.
    Tadbir so‘ngida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shgan maktablarning o‘qituvchilari 69932 harbiy qism qo‘mondonligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди