Tadbirlar davom etmoqda

 

     41-umumta'lim maktabida  “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Z.  Avazov, mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirib, Prezidentimizning ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.      
     Fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди