“Mahallada duv-duv gap” tadbirlari davom etmoqda

 

   Tumanimizdagi Baxshtepa mahallasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman hokimining  ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo'yicha maslahatchisi F. Mirbabayev,  mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirib, Prezidentimizning ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.      
   Fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди