Toyloqda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

 

   Toyloq tumani 1-sektor hududidagi  Chorbog‘tepa hamda Bog‘izog‘on mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman hokimining o‘rinbosarlari  J. Xo‘jamurodov, J. Haqberdiyev,  mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari ishtirok etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida so‘z yuritishdi. Qolaversa, Prezidentimizning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.      
    Fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди