Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

 

 Shu shior ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri Toyloq tumanidagi O‘zbekiston mahallasida o‘tkazildi. 
    Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, viloyat Kengashi deputati D.Ulug‘boyeva hamda mahalla faollari va din ulamolari buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon yashashi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritishdi. 
    Hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelayotganligi to‘g‘risida ta’kidlandi, vatan, mustaqillikni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди