Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi

 

    Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
    Bugun Toyloq tumanidagi Yangi hayot mahallasi aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul ham xalq manfaatlari uchun xizmat qildi.  Unda tuman hokimining o‘rinbosari Sardor Eraliyev, 1-sektor kotibi Sherzod Qorayev, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
    Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan masalalarni yuzasidan murojaat qilishdi. Barcha masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi va  ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga biriktirildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди