Toyloqda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari o‘tkazilmoqda

 

    Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarga keng aholi qatlamlari jalb etilmoqda.
   Xususan bugun, tumandagi Jumabozor mahallasida o‘tkazilgan tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Sh.Mirziyoyevning ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi hamda mavzu yuzasidan videoroliklar namoyish qilindi. 
   Shuningdek, tadbir davomida din vakillari, mahallalardagi nuroniylarning fikrlari tinglandi. Tadbir davomida turli viktarina o‘yinlari, she’rxonlik va musiqiy dasturlar namoyish etildi. 
    Tadbirda faol ishtirok etganlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди