Assalomu alaykum, qadrli toyloqliklar! Muhtaram do‘stlar!       

   Siz azizlarni, moʻtabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni yangi orzular, yangi rejalar, quvonchu shodliklar ulashib kirib kelgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!
   Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman. Barcha xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
    Yangu yilda barcha orzu-niyatlaringiz ushalsin!
Kelajagimiz vorislari bo‘lmish farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik!
     Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizga qut-baraka, oilangizdan shodu-xurramlik arimasin!
    Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
    2024 yilning qadami qutlug‘ kelsin!

Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov. 
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди