Millionlab bolajonlarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev «Sehrli qalpoqcha». «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi» , «Besh bolali yigitcha» kabi romanlari bilan o‘quvchilar mehrini qozongan. 22-umumta’lim maktabida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Muhabbat Vahobovaning tashabbusi bilan yozuvchi ijodiga bag‘ishlab kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda adib qalamiga mansub asarlardan parchalar namoyish etildi. Kitob taqdimoti yangi yil bayramiga ulanib ketdi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.