Hashar elga yarashar

   Obod yurtning fayzi, tarovati òzgacha bòladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada kòrkam bòlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakillangan ezgu qadriyati - hashar muhum òrin tutadi. 
     Bugun butun mamlakatimiz bòylab qabristonlar, ko'chalar, ariq va zovurlarni tozalash va obodonlashtirish  hashari òtkazilmoqda. 
   Erta tongdan Toyloq tumanidagi barcha mahallalarda ham qabristonlarni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Hasharda katta-yu-kichik, yoshu-qari faol ishtirok etmoqda.  
   Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Bahodir Bobonazarov ham Xo'jayuz mahallasida bo'lib, mahalla ahli bilan uchrashib obodonlashtirish ishlari ko'ngildan boshlanishi, qabristonlarda ota-bobolarimiz yotganligi, tozalik-ozodalik sog'lom turmush tarzi ekanligi bo'yicha suhbatlashib, o'tganlar ruhiga duolar qilishib hasharni boshlab berdilar. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди