"Ayollar daftari" so'zlaganda

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan  Toyloq tumanida “Ayollar daftar”ining  4-bosqichiga 6389 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib;
shundan:
1 sektor hududidagi 13 ta MFY dan 2051 nafar,
2 sektor hududidagi 12 ta MFY dan 1235 nafar,
3 sektor hududidagi 13 ta MFY dan  1540 nafar
4 sektor hududidagi 12 ta MFY dan 1563 nafar.
   Amalga  oshirilgan chora-tadbirlar doirasida 6389 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan toifalar bo‘yicha boqichma-bosqich yordamlar ko‘rsatilgan.
   Jumladan, 
  1-toifa ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 3170 nafarni tashkil qilib, shundan;
  132 nafari doimiy ish o‘rinlariga;
  2 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga  joylashtirilgan;
  245 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan;
  50 nafarga subsidiya asosida pishiriq pechi berilgan; 
  377 nafari tomorqada band etilgan;
  11 nafari mustaqil ravishda ishga joylashtirilgan; 
  2278 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan;
  1 nafari vafot etgan;
 74 nafari chet elga yashash uchun chiqib ketgan.
  2-toifa bo‘yicha:  50 nafar xotin-qizlarning 46 nafariga imtiyozli kredit ajratildi, 4  nafar  xotin –qizlar nomida kredit  tarixi borligi uchun  rad etildi.
  3-toifa bo‘yicha: 1 125 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarning 1125 nafariga moddiy yordamlar berildi. Shundan uy-joyi ta’mirlanadigan 37 nafar xotin-qizlarning barchasini  uy-joylari ta’mirlab berildi;
  4-toifa bo‘yicha: 1 588 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning 1 588 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, 10 nafar xotin-qizlarning  uylari ta’mirlab berildi.. 
  5-toifa bo‘yicha: 6 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning  1 nafari uy-joy bilan ta’minlandi va 2 nafari taklifni rad etdi, 3 nafar xotin-qizlarga 7 mln 500 ming so‘m miqdorida ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
  6-toifa bo‘yicha: qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 450 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam berildi, shundan  4 nafar xotin-qizlarning  tomorqadan unumli foydalanish uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. 

    3,4,6 - toifalar uchun 2 mlrd 162 mln 684 ming so‘m mablag‘ ajratilgan;
    3.1 va 4.1 toifalar bo‘yicha uy-joy ta’miri uchun 170,5 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
    Tuman bo‘yicha “Ayollar daftari”ning  4-bosqichda xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 54 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  
    Daftarga kiritilgan tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga  har tomonolama ko‘maklashish va sog‘lig‘ini tiklash borasida tizimli ishlar olib borilganligi natijasida 7  nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotlari va davolanish xarajatlari uchun jami 31 mln 846 ming so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi. Daftarda turuvchi ayollarning oliy ta’lim muaassasalarida ta’lim olayotgan 24 nafar farzandlarining to‘lov kontrakt pullari 83 mln 350 ming so‘m miqdorida to‘lab berildi.

 

Noila Kambariddinova,
Toyloq tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди