Toyloqda yozuvi Karimberdi To‘ramurod bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik azaldan yuksak qadriyat hioblangan. Zero, jamiyat tarqqiyoti, yurtimiz rivoji, eng asosiysi yosh avlodni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashda, oilalar tinchligi va totuvligini ta’minlashda nuroniy otaxon va onaxonlarning alohida o‘rni bor. Shu maqsadda keksa avlod vakillari bilan turli tadbirlar, uch avlod vakillari uchrashuvlarining o‘tkazilayotgani ham bejiz emas.
     Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toyloq tumanida o‘tkazildi. Uch avlod vakillari ishtirok etgan tadbir mehmoni taniqli yozuvchi, qalami o‘tkir jurnalist Karimberdi To‘ramurod bo‘ldi. 
   Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov, tuman “Nuroniylar” kengashi raisi Musoxon To‘rayev hamda viloyat “Buvijonlar maktabi” rahbari Gulbahor Husenova lar   yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod” uchrashuvlarining maqsadi, yoshlar ta’lim-tarbiyasida bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati hamda Karimberdi To‘ramurodning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tishdi. 
    Shundan so‘ng jurnalist va yozuvchi Karimberdi To‘ramurod yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga kirishdi. O‘zining bolalik chog‘lari, do‘stlari, talabalik davrlari, ijodi, qolaversa, tarix va bugun, yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashi, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar haqida o‘z fikrlarini ochiq bayon etdi. Shuningdek, o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berdi. 
   Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan K. To‘ramurodovga murojaat qilishdi.    
   Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari, qolaversa, “Joziba” guruhi a’zolarining musiqiy chiqishlari davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
   Uchrashuv yakunida tadbir tashkilotchilari taqdirlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди