Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

 

   Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Toyloq tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari va “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi hodimlari ishtirokida  nazorat reyd tadbirlari olib borildi.

   Reyd davomida, Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosidan shu tumanida yashovchi fuqaro T.J tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskovator yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.

   Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.J ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun BHMning 30 barobari yani 10 200 000 ming so‘m miqdorida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди