BUGUN TOYLOQDA YOSHLAR KUNI BO'LDI

                

 

Shopo‘lot mahallasidagi madaniyat saroyida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bilan boshlangan tadbir, yigit-qizlarning quvonchiga quvonch qo‘shgan ob’yektalarning ochilish marosimiga ulanib ketdi. Talliota mahallasidagi sport majmuasining ochilish marosimida ishtirok etganlar yurtimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi. 


    Shuningdek, tuman markazida 1 mlrd 100 million so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etgan “Yoshlar markazi” binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, yoshlar va nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda qizil lenta kesilib, markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди