Sindorning yutug‘i mahalla yoshlariga imkoniyat yaratdi

 

    Bugun Talliota mahallasida mini stadion foydalanishga topshirildi. Ushbu sport majmuasining barpo etilish tarixi o‘ziga xos. Shu mahallada yashovchi yosh sportchi Sindor Ibodullayev joriy yilda o‘tkazigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida sportning vorkaut yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi va mukofot tariqasida Sindor o‘qigan 40-maktab hududida mini stadion qurib berildi. 
   Sport majmuasining ochilish marosimida ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, sektorlar rahbarlari talliotalik yoshlarni bugungi quvonchli kun bilan, qolaversa, Sindorning spordagi yutug‘i bilan qutlashdi, tumanda iqtidorli, bilimli va shijoatli yoshlar ko‘payishiga tilak bildirishdi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди