Shahar va tumanlarda kechayu-kunduz ishlaydigan avariya brigadalari  tashkil etildi

 

   “Samarqand suv ta’minoti” MChJ tomonidan shahar va tumanlarda kechayu-kunduz ishlaydigan avariya brigadalari va ma’sul xodimlardan iborat navbatchiliklar tashkil etilgani aytildi. Buning uchun qo‘shimcha 24 ta avariya brigalari tuzilib, 35 ta maxsus texnikalar jalb qilingan. Ularga 109 nafar xodim biriktirilgan. Bugungi kunda 5,5 kilometr ichimlik suv tarmoqlari, 15 dona suv nasosi, 20 dona maxsus uskunalar, 30 dona muzni eritish uskunasi, 6 tonna yoqilg‘i hamda boshqa uskunalar zaxirasi yaratilgan. Bu haqda “Samarqand suv ta’minoti” MChJ direktori o‘rinbosari T.Siddiqov brifingda ma’lum qildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди