Navbatdagi sayyor qabul Zarafshon mahallasida o‘tkazildi

 

   Unda Toyloq tuman hokimining o‘rinbosarlari Jamshed Xo‘jamurodov, Jahongir Haqberdiyev hamda mahalla beshligi, idora, tashkilot rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Unda fuqarolardan elektr energiyasi, qishloq qabristonini devor bilan o‘rash,  soliq to‘lovlari, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.    
   Murojaatlarning ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди