Murojaatlar tinglandi

 

    Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Sardor Eraliyev, Noila Kambariddinova, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Unda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, bola nafaqasini olish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi,  ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди