Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uning oldini olish afzal

 

 Yurtimizda davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Toyloq tumanidagi Shopo‘lot mahallasida yoshlar, aholi va mehnat faxriylari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi. 
  Unda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Gʻ. Negmatov, Toyloq tuman prokurori A. Saypiddinov,  DXX tuman bo‘linmasi boshlig‘i B. Xudoynazarov, tuman IIB boshlig‘i O.Xo‘jamovlar ishtirok etishdi va yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli jinoyatlar va ularning oqibatlari, qolaversa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli axborot xurujlaridan asrash, jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uning oldini olish afzalligi, bu yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish lozimligi, davlat idoralari, ziyolilar, mahalla faollari va jamoatchilkning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini birlashtirish orqali ishlar ta’sirchanligini oshirish lozimligi ta'kidlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди