Mahallada ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi

 

   Bugun sudyalar ishlarini faqat sud binosida emas, balki mahallalarda aholi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqmoqda. Ana shunday ochiq sayyor sud majlisi bugun Toyloq tumanidagi Shopo‘lot mahallasida o'tkazildi. Unda Toyloq va Urgut tumanlari huquq tartibot idoralari rahbar va xodimlari, shuningdek, yoshlar, nuroniylar hamda sudlanuvchilarning oila a’zolari qatnashdi. 
  Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Gʻ. Negmatov ishtirok etgan mazkur sud majlisida Urgut va Toyloq tumanida yashovchi 7 nafar fuqarolarning ishi alohida-alohida ko‘rib chiqildi. 
    Probatsiya guruhida turgan, jinoiy qilmishi uchun jazo o‘tayotgan 2 nafar shaxs tegishli xulosa chiqarganligi, jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tganligi sababli muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi. Qolgan fuqarolarga Jinoyat kodeksining turli moddalariga ko‘ra qonuniy jazo tayinlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди