Mamlakatimizda yer munosabatlari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 23 oktyabirida “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 871-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Bugun Toyloq tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchilari uchun mazkur qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida, hokim yordamchilari mehnat faoliyatida qonunchilikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlash, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, korrupsion holatlarning oldini olish, tizimda olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri tadbiq etish va sohani haqchil tuzilmaga aylantirish borasida fikrlar yuritildi