KEKSALAR E’TIBOR VA E’ZOZDA

Matbuot anjumani

  Bugun Toyloq tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Suyarov ishtirokida “Keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 
     Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 2203 nafar nuroniylar ishtirokida muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlariga sayohatlar uyushtirilgan. 209 nafar uyida yotib qolgan keksalar holidan xabar olingan, 55 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, jumladan 7 nafar yakka-yolg‘iz, yolg‘iz yashaydigan keksalar sihatgohlarda sog‘lomlashtirilgan, 1416 nafar nuroniylar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 68 nafar keksalarning xonadonlarida hasharlar uyushtirilib,  101 nafar keksalarga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi, hassa (qo‘ltiq tayoq) va boshqa reabilitatsiya vositalari berilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди