Biz OITSga qarshimiz

       Bugun tuman tibbiyot birlashmasida 1-dekabr "Xalqaro OITSga qarshi kurash" kuni munosabati bilan birlashma xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida ertalabki yurish marafoni, sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musabaqa o'tkazildi.
Unda birlashmaning barcha bo'lim xodimlari, shifokorlar, hamshiralar qatnashdi.

Shaxmat – shashka bo'yicha o'tkazilgan musobaqada shaxmat turi bo'yicha birlashmaning statistika hamshirasi N.Soliyeva 1-o'rinni, sportning shashka turi bo'yicha  Qo'rg'oncha QPP hamshirasi Sh.Quvonova g'olib bo'lib birlashmaning tashakkurnomasi va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди