Joriy yilda Toyloqda 91,84 km yo‘llar ta’mirlandi, 13 ta suv inshooti qurildi

    Tuman aholisiga qulay shart-sharoit yaratish, chekka hududlarda yashovchi aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, qishloq infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2023 yilda 37 ta mahallalardagi qishloqlarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

    Jumladan, joriy yilda jami 96,4 km, shundan 36,6 km asfalt, 6,0 km beton va 53,8 km shag‘al yo‘llar ta’mirlash, 15 ta yangi TP o‘rnatish, 37,0 km elektr tarmog‘i tortish 14 ta ichimlik suvi inshooti qurish va 47,0 km suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan.

   Joriy yilning shu davri davomida tuman hududida 91,84 km, shundan 36,9 km asfalt, 54,9 km yo‘llar shag‘al qoplama bilan ta’mirlandi, 12 ta yangi TP,  29,44 km elektr tarmog‘i va 908 ta beton ustunlar o‘rnatildi, 13 ta suv inshooti qurilib, 48,0 km suv tarmoqlari tortildi.

    Manzilli dasturlar asosida tumanda umumiy qiymati 12,22 mlrd.so‘mga 14 ta  suv inshootlarini qurish va 47 km suv tarmoqlarini tortish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 13 ta suv inshooti qurilib, 48,0 km suv tarmoqlari tortildi.  (6,2 km qismi tuman  mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan bajarildi).

    9 ta ob’yektda, shundan 4 ta yangi qurish, 2 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal ta’mirlash, 1 ta tarmoq tortish va 28,9 km tarmoq ishlariga 6,96 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilgan.  Madaniyat, Qo‘shchinor, Vorsin, Navbahor MFYlarda 4 ta yangi suv inshootlarini qurish va 13,8 km tarmoq tortish, Ukrach, Xonchorbog‘ MFYlarida 2 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish va  4,4 km tarmoq tortish,  Bog‘izog‘on, Beklar MFYlarida 2 ta suv inshootini mukammal ta’mirlash va 8,9 km tarmoq tortish,  Bog‘ichinor MFYda 2,8 km tarmoq tortish ishlari bajarilgan.

    Xo‘jayuz MFY Qarapchi qishlog‘ida 1,25 mlrd.so‘mga 1 ta yangi suv inshooti qurish va 3,7 km tarmoq tortish rejalashtirilgan, “BUNYODKOR” MCHJ tomonidan 3,7 km tarmoq tortilgan va qurilish ishlari to‘liq bajarilgan.

   Tashabbusli byudjet bo‘yicha:  Jami 2 ta ob’yektda, shundan 1 ta yangi qurish, 1 ta rekonstruksiya qilish va 5,0 km tarmoq ishlariga 996 mln. so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, Madaniyat MFYda 1 ta yangi suv inshooti qurish va 3,0 km tarmoq tortish va   O‘zbekiston MFYda 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish va 2 km tarmoq tortish ishlari  to‘liq yakunlangan.

   Tashabbusli byudjet 2-mavsum natijalariga ko‘ra yana Yangi xayot mahallasi Navxoz qishlog‘ida 1,05 mlrd.so‘mga 1 ta yangi suv inshooti va 5,0 km suv tarmog‘i tortish ishlari olib boriladi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash

   Manzilli dasturlar asosida tumanda umumiy qiymati 17,59 mlrd.so‘mga 36,6 km ichki yo‘llarni asfalt qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shu kungacha 36,9 km asfalt qilindi, yil yakunigacha yana 11,26 km asfalt qilinadi. Jumladan; jami 4 ta ob’yektda 2,78 mlrd.so‘mga 5,3 km asfalt qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, Gulobod MFYda 1,0 km, O‘rtaqishloq MFYda 1,2 km, Chorog‘bon MFYda 2,0 km, Xo‘jayuz MFYda 0,9 km asfalt yo‘llari to‘liq tugallandi.

   Jami 6 ta ob’yektda 5,79 mlrd.so‘mga 10,5 km asfalt qilish ishlarini amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, pudratchi “Toyloq tuman YFUK” tomonidan Olmazor MFYda 2,05 km, Nuroniy MFYda 2,05 km, O‘zbekiston MFYda 2,0 km, Xujayuz MFYda  1,8 km, Ukrach MFYda 2,23 km, Saribozor MFYda 0,3 km asfalt yo‘llari to‘liq tugallandi.

   Tashabbusli byudjet bo‘yicha:  Jami 10 ta ob’yektda 5,77 mlrd.so‘mga 12,48 km asfalt qilish ishlarini amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, Ukrach MFYda 1,4 km, O‘zbekiston MFYda 1,3 km, Do‘stlik MFYda 0,98 km, Beklar MFYda 0,5 km, Jalolobod MFYda 1,0 km, Taraqqiyot MFYda 1,0 km, Istiqlol MFYda 1,8 km, Sochak MFY 1,81 km, Jalolobod MFyda 1,5 km, Do‘stlik MFY -1,2 km  asfalt yo‘llarini ta’mirlash kuniga yetkazildi.

   “Mening yo‘lim” loyihasi bo‘yicha 2,1 mlrd.so‘mga O‘zbekiston MFYda 3,4 km, Talliota MFYda 1,3 km yo‘llar asfalt qilindi.

    Tashabbusli byudjet 2-mavsum natijalariga ko‘ra yana 4 ta mahallada 5,26 mlrd.so‘mga 11,26 km ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib boriladi. (Do‘stlik MFY 4 km, talliota MFY 3,16 km, Beklar MFY 2,6 km, Xonchorbog‘ MFY 1,5 km).

Elektr ta’minotini yaxshilash:

   Tuman bo‘yicha jami 14 ta yangi TP o‘rnatish, 37,0 km elektr tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib,  9 oy davomida 12 ta yangi TP,  29,44 km elektr tarmog‘i va 908 ta beton ustunlar o‘rnatildi. Jumladan, PQ-408-sonli qarori bo‘yicha jami 2 ta ob’yektda  280 mln.so‘mga 200 dona simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtiri, 9,7 km tarmoq tortish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda Nurafshon MFYda 82 ta beton ustun va Bunyodkor MFYda 115 ta beton ustunlar o‘rnatildi.

    Bundan tashqari, Xo‘jayuz, O‘ray Elipok, Chorbog‘tepa, Gʻo‘lba, Ilmobod mahallalariga 5 ta yangi TP, 10,4 km SIP-2 markali va SIP-4 markali kabellar, 1,0 km AS-35 markali va AS-50 markali sim, ASB 3x120 markali kabel va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlash belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda:

-Xo‘jayuz mahallasiga 1 ta 250 kVli TP olib kelinib o‘rnatilgan va 33 ta beton ustun, 2,7 km SIP kabellar keltirilgan;

-O‘ray-Elipok mahallasiga 25 ta beton ustun keltirilib o‘rnatilgan, 1,7 km SIP kabellar keltirilgan.

    Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan:

-Taraqqiyot MFYga 3 ta TP, 154 ta ustun va 4,9 km tarmoq tortilgan;

-Do‘stlik MFYga 2 ta TP, 98 ta ustun va 2,7 km tarmoq tortilgan;

-Bog‘ichinor MFYga 1 ta TP, 64 ta ustun va 2,6 km tarmoq tortilgan;

-Gulobod MFYga 1 ta TP, 62 ta ustun va 4,2 km tarmoq tortilgan;

-Davlatobod MFYga 1 ta TP, 30 ta ustun tortilgan;

 -Muborak, Fayziobod, Ravot MFYlariga 1 tadan yangi TPlar keltirilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди