Maktabda kitob yarmarkasi tashkil etildi

   Yurtimizda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan, ularni mutolaaga qiziqtirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Toyloq tumanidagi 27-maktabda ham ana shunday tadbirlardan biri -  kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning yoshiga mos bo‘lgan, turli janrlarda yozilgan kitoblar o‘rin oldi.
   Yarmarkada maktab o‘quvchilari va ota-onalar ishtirok etib, o‘zlariga va farzandlariga arzon narxda kitoblar xarid qilishdi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди