Toyloqda joriy yilda 1529 nafar “qizil” toifadagi yoshlarga ko‘mak ko‘rsatildi

   Tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, maktab direktorlari va patrjnaj hamshiralar bilan birgalikda yoshlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, umumiy balans tayyorlandi.
Jumladan:
   Xatlov natijasida, 54 nafar probatsiya nazoratidagilar;
-  68 nafar profilaktik hisobda turganlar;
-  33 nafar oilaviy ajrim yoqasidagilar;
-  49 nafar notinch oila farzandlari;
-  179 nafar surunkali kasalligi bo‘yicha ro‘yxatda turuvchilar;
-  15 nafar muntazam dars qoldiruvchilar;
-  20 nafar chin yetimlar;
-  561 nafar nogironlar;
-  545 nafar migratsiyadan qaytib kelgan yoshlar aniqlanib, bular qizil toifaga kiritildi.
   Tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “qizil” toifaga kiritilgan jami 1529 nafar yoshlarga tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot rahbarlari biriktirilib, har bir yoshga tibbiy, moddiy va huquqiy yordam ko‘rstildi.
   Yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan xonadonbay ish olib borilib, 1480 nafar yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar natijasida yoshlar tomonidan 1290 ta muammo va takliflar bildirildi.
     Natijada Samarqand viloyati bo‘yicha Toyloq tumani 4-sektordagi Ukrach mahalla fuqarolar yig‘inining “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI” loyihasi tayyorlanib, Respublika Ishchi komissiyasida himoya qilindi hamda shu asosda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Yo‘l xaritalari”, sektor rahbarlarining “Yo‘l xaritasi” hamda tuman “Yo‘l xaritasi” loyihalari tayyorlandi.
   Qizil toifaga biriktirilgan 50 nafar tuman tashkilotlai rahbarlari tomonidan 1529 nafar yoshlarning ota-onalariga xatlar yuborildi.

   
     J.Haqberdiyev,

         tuman hokimining o‘rinbosari      

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди