Tadbirkorga e'tibor

    So‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy biznesning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
  Ayniqsa, hududlarda ishlab chiqarishning muttasil o‘sishini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga   alohida e’tibor qaratilmoqda.
   Bugun Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Investitsiyalar, sanoat va savdo  boshqarmasi boshlig‘i Oybek Hamrayevning Toyloq tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi ham shu maqsadga qaratildi. O.Hamrayev tumandagi  "PET AGRO OIL" MCHJ qo‘shma korxonasi,  "AZIYA - STEEL PROM" MCHJ  va "SAM-FERRE" MCHJ korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди