Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

   Unda Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 82-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
   Jumladan,  tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevning tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborovning onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va aholi salomatligi bo‘limi boshlig‘i J.Shodiyevning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari  tinglandi. 
    Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди