Muammolar bartaraf etildi

MUNOSABAT

   Yaqinda Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidanToyloq tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va boshqa sohalarda kompleks o‘rganish ishlarini olib borildi hamda uning natijalari haqidagi videomaterial ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. 
   Xususan, boshqarma mutaxassislari dastlab tumandagi 58 hamda 4-maktab va  2-9-25-24-40-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va sanitar holatini o‘rganishgan.
    Videolavhada keltirilgan muammolarning aksariyati mutasaddilar tomonidan bartaraf etildi. Jumladan, tumanidagi 58-maktab binosi 2006 yilda kollej sifatida qurilgan bo‘lib, videoda ko‘rsatilgan bino kollejning ustaxonasi vazifasini o‘tagan. Mazkur bino mulk qo‘mitasi bilan kelishgan holda, vaqtincha ijaraga berish uchun savdoga qo‘yilgan.      
     Shuningdek, 4-umumta’lim maktabining qozonxonasi, sport maydonchasi va sport zalidagi muammolar bartaraf etildi. Maktab binosini mukammal ta’mirlash uchun 2024 yil Davlat dasturiga kiritildi. 
    Tumandagi 2-9-25-24 hamda 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi kamchiliklar bartaraf etildi. Eski gilamlar yangisiga almashtirildi, matraslar bilan ta’minlandi, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari muassasadan olib chiqildi, yon-atrof tartibga keltirildi. Nuragan devorlar ta’mirlandi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ta’mirga muhtoj ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash borasida chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди