Toyloqda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

   Ma’lumki, mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat  bilan bugun Toyloq tumanida bayram tadbiri tashkil qilindi. Unga sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriylar va  tibbiyot xodimlari taklif etildi.
   Bayram tadbirida Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov ishtirok etdi va o‘z so‘zida shifokorlik kasbining mashaqqati, mas’uliyati, shuningdek, mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi. Shifokorlarni kasb bayramlari bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.

  Tadbir davomida tuman hokimi sohaning bir guruh fidoyi xodimlari tashakkurnoma va bayram sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek,  tuman hokimi Bahodir Bobonazarov tumanda tibbiyot sohasiga qaratgan e’tibori uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди