Toyloqda zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi

 

    O‘rtaqishloq mahallasida joylashgan tibbiyot muassasasi binosi joriy yilning birinchi mavsumida o‘tkazilgan "Open budjet" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Loyiha qiymati 760 million so‘m bo‘lgan mazkur bino mukammal ta’mirlanib, zamonaviy oilaviy shifkorlik punktiga aylantirildi. Bugun mazkur tibbiyot maskanining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.
    Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi M.To‘rayev hamda nuroniylar ishtirok etib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

   -Oilaviy shifokorlik punkitimiz O‘rtaqishloq hamda Fayziobod mahallalarida yashovchi 8330 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, - deydi muassasa rahbari I.To‘xtayev,    - Bugun nafaqat mazkur muassasada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining balki, qishloq ahlining quvonchi cheksiz.  Sababi, barcha qulayliklar, tibbiy jihozlar, mebellar bilan ta’minlangan, shinam binoga ega bo‘ldik.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди