Tumanda yangi maktablar, qo‘shimcha  binolar va filiallarni qurish mavjudlarini moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida  61 ta umumta’lim maktablari, 1 ta Barkamol avlod bolalar maktabi hamda 45 ta Davlat maktabgacha talim tashkiloti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022 yildagi PQ-465-son              2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisidagi qaroriga asosan tumandagi Charog‘bon MFYda joylashgan 21-umumta’lim maktabiga “Bunyodkor Shijoat Quruvchi” xususiy korxonasi tomonidan 4 066 400 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga qo‘shimcha zamonaviy 360 o‘rinli bino qurilib foydalanishga topshirildi. 
Tumandagi Ukrach MFYda joylashgan 27-DMTT binosi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sabablib “Me’mor Alisher Kumishkent” xususiy korxonasi tomonidan 4 362 300 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga barcha talablarga javob beradigan zamonaviy 120 o‘rinli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib berildi. 
Tumandagi Adas MFYda joylashgan 13-DMTT binosi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli, "Farxod" MCHJ tomonidan 4 159 000 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga barcha talablarga javob beradigan zamonaviy 120 o‘rinli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan jami                  780 mln so‘m mablag‘ evaziga 3 ta 19-, 23-, 34-DMTTlariga ajratilgan. Baxshtepa MFYda joylashgan 19-DMTT binosini 400 mln so‘m mablag‘ hisobiga mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yangi hayot MFYda joylashgan 23-DMTT binosini 230 mln so‘m mablag‘ hisobiga joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ravot MFYda joylashgan 34-DMTT binosini 150 mln so‘m mablag‘ hisobiga joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi barcha umumta’lim maktablarni 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorlash uchun mahalliy byudjet tomonidan 877,2 mln. so‘m mablag‘ hisobiga 13,450 kg pol buyog‘i, 12,850 kg oq emal, 37,750 kg tonna devor buyog‘i olindi.
Bundan tashqari homiylar hisobidan umumta’lim maktablarini obodonlashtirish uchun 6 tonna ohak mahsuloti olinib, bugungi kunda barcha umumta’lim maktablariga yetkazildi va ranglash ishlari olib borilib umumta’lim maktablarining barchasi yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.
Umumta’lim maktablarini moddiy texnik bazasini rivojlantirish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan 914,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda 600 dona o‘quvchi partasi, 62 dona docka va boshqa jihozlar  umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tumandagi barcha maktablar va Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘liq ko‘mir yoqilg‘isiga moslashgan bo‘lib, 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tumandagi barcha ta’lim tashkilotlariga jami             3756 tonna kumir yoqilg‘isi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ta’lim muassasalarining barchasiga jami 3756 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 1 000 mln so‘m mablag‘ ajratilib ta’lim tashkilotlarining yaroqsiz holatga kelib qolgan 115 dona isitish qozonlarini yangisiga almashtirish ishlari olib borildi. 
Tumandagi ta’lim muassasalaridan 2024-yilgi manzilli davlat dasturlariga 5ta “Nurafshon” MFYda joylashgan 4-umumta’lim maktabini mavjud 784 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlashga, “Davlatobod” MFYda joylashgan                    6-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 300 o‘rinli bino qurishga, “Muborak” MFYda joylashgan 14-umumtalim maktabiga qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurishga, “O‘zbekiston” MFYda joylashgan 34-umumtalim maktabiga qo‘shimcha 330 o‘rinli bino qurishga, “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan                     36-umumta’lim maktabini mavjud 417 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash va 4-DMTT binosini rekanstruksiya qilish hisobiga yangi zamonaviy 120 o‘rinli bino qurish uchun davlat dasturlariga takliflar berilgan.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди